» » Peskov: Putinning Rossiya eng yangi qurol-aslahalari haqidagi bayonoti dunyoda kuchli taassurot keltirib chiqardi

Peskov: Putinning Rossiya eng yangi qurol-aslahalari haqidagi bayonoti dunyoda kuchli taassurot keltirib chiqardi


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal majlisda Rossiyada eng yangi qurol-yarog‘ ishlanmalari haqidagi bayonoti dunyo hamjamiyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RT telekanaliga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Rossiya imkoniyatlarining bunday namoyishi natija bergan-bermaganligi haqidagi savolga Peskov “Albatta, ha”, deb javob berdi.

“Dunyo hamjamiyati mas’ul a’zolari reaksiyasini tahlil qilsangiz, xalqaro xavfsizlik va qurolsizlantirish masalalari bo‘yicha shoshilinch muzokaralar o‘tkazish zarurati anglanmoqda”, — deya aniqlik kiritdi Peskov.

Matbuot kotibi AQSh raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqqandan so‘ng o‘zaro tiyib turish tizimi tahdid ostida qolganligini eslatib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют