WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Peskov: AQShning raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqishi xalqaro xavfsizlikni tahdid ostiga qo‘ydi
Peskov: AQShning raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqishi xalqaro xavfsizlikni tahdid ostiga qo‘ydi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqish haqidagi qarori xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni tahdid ostiga qo‘yganligini ma’lum qildi. Bu haqda RT xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“AQSh raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqqanda, o‘zaro yadroviy tiyib turish tizimini tahdidga qo‘ydi. Bu esa xalqaro xavfsizlik va barqarorlik tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Shundan buyon Rossiya bir necha marta mamlakatning yadroviy salohiyatini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan harakatlarning nishoniga aylandi”, – dedi Peskov.
U, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyat yadroviy tiyib turish tizimining mavjud bo‘lishiga tahdid sola boshlaganligini ta’kidladi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?