» » AQSh Alyaskada raketaga qarshi mudofaa tizimining oxirgi qurilmasini joylashtirdi

AQSh Alyaskada raketaga qarshi mudofaa tizimining oxirgi qurilmasini joylashtirdi


Alyaskada raketaga qarshi mudofaa tizimining quruqlikdagi oxirgi raketasi joylashtirildi. Bu haqda AQSh raketaga qarshi mudofaa agentligi (MDA) ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“MDA va Boeing 2-noyabr kuni Fort-Grilidagi raketaga qarshi kompleks shaxtasida 44-tutib qoluvchi raketani joylashtirdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Jami 44 ta tutib qoluvchi raketa joylashtirildi. Ular 2017-yil oxirida safga kiritiladi.

Defense News nashriga ko‘ra, raketalar Shimoliy Koreya va Eron tomonidan ehtimoliy tahdiddan himoya uchun mo‘ljallangan. Pentagon ularning sonini 44 tadan 64 tagacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют