» » Vladimir Putin koronavirus yuzasidan yana bir marta rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilmoqda

Vladimir Putin koronavirus yuzasidan yana bir marta rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilmoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rossiyaliklarga yangi murojaat yo‘llashi kutilmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Xabar berilishicha, Putinning murojaati 2-aprel, payshanba kuni, tasvirga olinadi hamda Moskva vaqti bilan soat 16:00 dan keyin tayyor bo‘ladi.

Vladimir Putin 25-mart kuni rossiyaliklarga yo‘llagan murojaatida 30-martdan 5-aprelgacha bo‘lgan haftani — ishlanmaydigan hafta deb e’lon qilgan hamda fuqarolardan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun uyda qolishini so‘ragan.

Avvalroq Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qilgani hamda hukumatga favqulodda holat e’lon qilish vakolatini bergani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Vladimir Putin bir hafta avval tashrif buyurgan shifoxonaning bosh shifokorida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют