» » Daniya Yevro—2020 musobaqasini qabul qilishdan bosh tortishi mumkin

Daniya Yevro—2020 musobaqasini qabul qilishdan bosh tortishi mumkin


Daniya futbol ittifoqi (DBU) prezidenti Yesper Myoller Kopengagen shahri kelasi yili Yevro—2020 musobaqasini o‘tkaza olishiga shubha bilan qaramoqda. 2021-yilning iyul oyida Daniyada “Tur de Frans” velopoygalari bo‘lib o‘tadi.

“Meni hali ham bir savol o‘ylantirmoqda, biz Kopengagenda o‘yinlarni o‘tkaza olarmikanmiz? O‘ylashimcha, imkoniyatlar 50 ga 50. Barcha bu borada pozitiv kayfiyatda va olg‘a intilishda davom etmoqchi. Biroq Kopengagendagi o‘yinlarni o‘tkaza olishga to‘liq ishonch hosil qilish uchun, ba’zi muammolarni bartaraf etish kerak”, — deydi Myoller.

UEFA qaroriga ko‘ra koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilning yoziga qoldirilgan musobaqa “Yevro—2020” nomini saqlab qoladi. 12 ta mezbon shahar 30-aprelga qadar UEFAga musobaqani o‘tkaza olishi borasida kafolat taqdim etishi kerak. Kopengagen B guruhining uchta uchrashuvi va 1/8 finalning bitta o‘yiniga mezbon hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionati 2020-yilda mintaqaning 12 shahrida 12-iyundan 12-iyulga qadar o‘tkazilishi kerak edi. Mart oyi o‘rtalarida musobaqa 2021-yilga qoldirilgani ma’lum qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют