» » O‘zbekistonda Geologiya fanlari universiteti va Geologiya muzeyi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Geologiya fanlari universiteti va Geologiya muzeyi tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel, dushanba kuni, geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta‘kidlanishicha, 2020-yilning 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada hamda 31-yanvar kuni ilm-fan vakillari bilan uchrashuvda davlat rahbari geologiya sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga doir qator istiqbolli vazifalarni belgilab bergan edi.

Shu asosda Geologiya fanlari universitetini tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari Sankt-Peterburg konchilik universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasi yordamida ishlab chiqilmoqda.

Yig‘ilishda mazkur yangi universitet qoshida Geologiya muzeyini tashkil etish va uning faoliyatini o‘quv jarayoniga bog‘lash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Mutasaddilar sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda galdagi topshiriqlarni bajarishga qaratilgan rejalar yuzasidan axborot berdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют