» » Buxoroda kuchli shamol oqibatida tan jarohati olganlar soni 41 nafarga yetdi

Buxoroda kuchli shamol oqibatida tan jarohati olganlar soni 41 nafarga yetdi


Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 28-aprelga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli shamol oqibatida 41 nafar fuqaroga tan jarohati yetgan.

“Shundan, 32 nafariga yengil, 7 nafariga o‘rta va 1 nafar fuqaroga og‘ir tan jarohati yetdi”, — deyiladi Buxoro viloyati hokimligi axborotida.

Yengil va og‘ir tan jarohati yetgan 8 nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 32 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga javob berildi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Yangiyevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tan jarohati olgan fuqarolarning 50 foizi Buxoro shahridan, 20—25 foizi Olot va Qorako‘l tumanlaridan.

Avvalroq jabrlanuvchilardan biri vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют