» » “Avval ustiga daraxt ag‘darilgan, so‘ng bo‘yniga elektr simi o‘ralashib qolgan”. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro o‘limining tafsilotlari ma’lum qilindi

“Avval ustiga daraxt ag‘darilgan, so‘ng bo‘yniga elektr simi o‘ralashib qolgan”. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro o‘limining tafsilotlari ma’lum qilindi


Buxoroda 27-aprel oqshomida kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatida 41 kishi tan jarohati olgani va bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Tabiiy ofat qurboniga aylangan fuqaroning mahalladoshi uning o‘limi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, Buxoro shahrining Xo‘ja Mushkin ko‘chasida yashagan, 1978-yilda tug‘ilgan O‘tkir A. soat 21:30 atrofida uyiga kelayotganida kuchli shamol oqibatida uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilib, vafot etgan.

O‘tkir A. istiqomat qilgan “Losha” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mustafo Hamroyevning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, kuchli shamol ko‘tarilgan vaqtda marhum fuqaro o‘g‘li bilan birga mollariga o‘t yig‘ib kelayotgan bo‘lgan, soat taxminan 21:30 da ularning ustiga dastlab daraxt ag‘darilgan.

“O‘g‘il tez harakat qilib, chiqib ketgan, ammo O‘tkir A. daraxt bilan birga uzilib tushgan elektr simining bo‘yniga o‘ralashib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan”, — dedi “Losha” mahallasi raisi. Mustafo Hamroyevning qo‘shimcha qilishicha, marhum O‘tkir A. asli mexanizator, to‘rt farzandning otasi edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining qayd etishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroda kuchli shamol yetkazgan talafotlar bilan bevosita tanishish va aholi bilan muloqot qilish maqsadida 28-aprel kuni Toshkentdan Buxoroga jo‘nab ketdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют