» » Navoiydan Namanganga 200 mln so‘mlik saxovat karvoni yuborildi

Navoiydan Namanganga 200 mln so‘mlik saxovat karvoni yuborildi


Navoiy viloyatidan yuborilgan 4 ta maxsus mashinadagi saxovat karvoni Namanganga yetib keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar ko‘magida tayyorlangan avtokarvondan qariyb 200 million so‘mlik 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va 7 turdagi antiseptik hamda gigiyena vositalari o‘rin olgan.

“Oldinroq Mo‘ynoqqa shunday karvon tashkil qilingandi, endi navbat Namanganga keldi. Nega endi Namangan? Bu viloyat asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ixtisoslashgan. Karantin davrida esa ushbu sohalar ancha qiyinchilik sezayotgani sir emas. Agar bir-birimizga shunday ko‘mak berib, hamjihatlik bilan ish olib borsak, bu sinovli kunlardan kamroq talafot bilan o‘tib olishimizga ishonchim komil, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi, senator Jamshid Xo‘jayev.

10 tonna un, 5 tonna guruch, 5 tonna shakar, 5 tonna kartoshka, 5 tonna yog‘, 20 quti antiseptik vositalar yuklangan saxovat karvonlari Namangan shahridagi omborxonalardan biriga yuklarni tushirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют