» » Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida shamol va yomg‘ir sabab gazsiz qolgan 138 mingdan ortiq xonadonga gaz qayta ulab berildi

Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida shamol va yomg‘ir sabab gazsiz qolgan 138 mingdan ortiq xonadonga gaz qayta ulab berildi


Buxoro viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli 120 ta gaz quvuri va gaz ta’minoti tizimining boshqa obyektlariga talafot yetgani oqibatida salkam 140 ming xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilib qolgani xabar qilingandi.

“Hududgazta’minot” AJning xabar berishicha, talafotlarni bartaraf etish uchun AJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan 63 ta avariya-tiklash brigadasi tuzilgan. Ta’mirlash ishlari natijasida Samarqand va Navoiy viloyatlari, Buxoro shahri hamda Buxoro viloyatining ayrim tumanlaridagi iste’molchilarga gaz ta’minoti to‘liq tiklangan.

Xabarga ko‘ra, favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi Shirin gaz taqsimlash stansiyasidan gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan. Stansiyadan gaz yetkazib berish ishlari tiklangan.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlaridagi 141 xonadonga gaz yetkazib berish ham qayta tiklangan. Viloyatda past bosimli gaz quvurlari ustiga daraxt shoxlari qulashi oqibatida yuzaga kelgan nosozliklarni tiklash uchun 4 ta avariya-tiklash guruhi joylarga chiqarilgan. Kunning birinchi yarmida to‘rtta tumandagi gaz ta’minotini tiklash ishlari yakunlangan.

“Hududgaz Navoiy” MChJ tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy, Konimex, Navbahor, Qiziltepa va Karmana tumanlarida past va o‘rta bosimli gaz quvurlarining shikastlanishini ta’mirlash uchun 15 ta avariya-tiklash guruhi tuzilgan. 21 mingdan ortiq xonadon yana gaz ta’minoti tizimiga ulangan.

Ob-havo injiqliklaridan eng ko‘p talafot ko‘rgan Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkon, Qorovulbozor va Vobkent tumanlarida ham ta’mirlash-tiklash ishlari yakunlangan. “Hududgaz Buxoro” MChJ tomonidan tuzilgan 44 ta avariya-tiklash guruhi nosozliklarni bartaraf etib, viloyatning shahar va tumanlaridagi 90 mingdan ortiq xonadonga gaz ta’minotini qayta tiklagan. Olot, Jondor va Qorako‘l tumanlarida ta’mirlash-tiklash ishlari ham tez orada yakuniga yetkaziladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroga 27-aprel oqshomida yopirilgan kuchli shamol oqibatida kamida 41 kishi tan jarohati olgan, Buxoro shahrida yashovchi bir kishi vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ustiga dastlab daraxt ag‘darilgan, so‘ng u elektr simiga o‘ralashib qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kuchli shamol oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan Olot tumani markazida faollar bilan uchrashgan, u yerda aholiga har tomonlama ko‘maklashish haqida topshiriq bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют