» » “Sajdada o‘lishni xohlardim”. Sherzod Bin qanday o‘limni orzu qilishi haqida gapirdi

“Sajdada o‘lishni xohlardim”. Sherzod Bin qanday o‘limni orzu qilishi haqida gapirdi


AQShning Pensilvaniya shtatida yashayotgan o‘zbekistonlik aktyor va parodist Sherzod Bin jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda qanday toifadagi insonlarga achinishi, qanday insonlarni yaxshi deb bilishi va qanday o‘limni orzu qilishi haqida gapirdi.

“Ollohni inkor etadigan, haqorat qiladigan, Olloh va Rasulolloh (s.a.v)ga nisbatan yomon fikrda bo‘lgan insonlardan nafratlanaman. Ulardan nafaqat nafratlanaman, balki achinaman ham. Bunday insonlar ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘payib qoldi. Ularga Xudo tavfiq berishini tilayman. Ular ko‘tarolmaydi Xudoning jazosini, qiyomatda hech birimiz ko‘tara olmaymiz”, — deydi Sherzod Bin.

“Do‘stning sadoqatiga, iymoniga qarab chin do‘st deb ayta olaman. Yaxshi inson avvalambor Xudo bilan yaxshi bo‘ladi. Yaxshi insonning yaxshiligini qayerdan bilsa bo‘ladi? Namoz o‘qigan insonni men yaxshi inson deb bilaman”, — deya fikrlarini davom ettiradi aktyor.

“Qanday o‘limni orzu qilasiz?” degan savolga esa Sherzod Bin “Sajdada o‘lishni xohlardim”, deya javob berdi.

Sherzod Bin 20 dan ortiq filmda va 20 ga yaqin klipda suratga tushgan. Biroq ushbu klip va filmlardagi obrazlarining birontasini ijodidagi eng yaxshi rol deb ayta olmaydi.

“Bir ish qilsangiz, u faqat sizning nafsingizga xizmat qilsa, yaxshi emas ekan. Agar u oxiratingizga ham xizmat qilsa, yaxshi ekan. Nafsim jihatidan aytishim mumkinki, o‘ynagan rollarim orasida odamlarga to‘g‘ri manfaat beradigani yo‘q”, — deydi Sherzod Bin.

Aktyor Instagram’da turli mazmundagi videolarni suratga olib, tarqatayotgan, turli rasmlar joylashtirayotganlarga murojaat qildi.

“Biz Buxoriy, Amir Temurning avlodidanmiz, deb televizorda ko‘p gapiriladi. Lekin farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratmayapmiz. Qiyomatda savol-javob farzandga qo‘yilgan ismidan boshlanadi. Bu qilayotgan amallaringlar bilan sizlar ota-onangizni savol-javobda qiynab qo‘yasizlar, shuni aytmoqchiman. Kamera qo‘yib qo‘yishadi, har xil uyatli qiliqlar qilishadi. Turli kulguli roliklar qiladigan aka-ukalarimiz ko‘payib ketdi. Akalar, bu yaxshimas. Har bir ishda mantiq bo‘lishi kerak. Agar bu ish sizga faqat moddiy tomondan foyda keltirib, ruhiy tomondan sizga tarbiya bera olmayotgan bo‘lsa, u ishingizni yig‘ishtirganingiz ma’qul.

Shunchaki, sizlarga shu yo‘llarni bosib o‘tgan inson sifatida aytyapman. Men sizlar qilgan ishning, balki, ko‘prog‘ini ham qilganman, bundan afsuslanaman. Shuning uchun sizlar ham afsuslanmanglar. Olloh hammamizga yaxshiliklarni bersin”, — deydi Sherzod Bin.

Mavzuga doir: AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют