» » Fransiyada kam uchraydigan bolalar ichki yallig‘lanishi sindromi aniqlandi

Fransiyada kam uchraydigan bolalar ichki yallig‘lanishi sindromi aniqlandi


Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi Olivye Veran mamlakatda bolalar o‘rtasida juda kam uchraydigan yallig‘lanish sindromi kuzatilayotganligini va buning COVID-19’ga aloqasi bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.

Avval Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy tizimi vakillari (NHS) Fransiyadagi shifokorlarga bolalarning ko‘p tizimli yallig‘lanish holatida jonlantirish bo‘limlariga yotqizilayotganini, ularda qorinda og‘riqlar kuzatilayotgani, yurakda muammolar borligi va bu koronavirus bilan bog‘liqligi haqida ogohlantirgandi.

Veran bu haqda parijlik shifokorlardan xabarnoma olganini qayd etdi.

“15 nafarga yaqin bolada isitma chiqishi, ovqat hazm qilishda muammolar va ichaklar yallig‘lanishi sindromi kuzatilmoqda, bu bemorlarda yurak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin”, – deya Veran so‘zlarini keltiradi France Info.

“Bilishimcha kasallangan bolalarning hech biri ushbu asoratlar oqibatida vafot etmagan, kasallik belgilari avval juda kam uchragan, ular oqibatida yurak kasalliklari, xususan, miokardit kelib chiqishi mumkin”, – degan vazir.

Mavzuga doir:

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya va Buyuk Britaniyada ayrim bolalar koronavirus tashuvchilariga aylanib qolgan.

“Ushbu vaziyatga juda jiddiy qarayman. Fransiyadagi va xorijdagi barcha tibbiyot sohasi vakillari, olimlarga murojaat qilaman va ulardan bu borada ko‘mak so‘rayman. Ehtimol, avval uchramagan ushbu kasallik belgilari ularda ham kuzatilgandir, bu koronavirusga aloqador yoki aloqador emasligi borasida ma’lumotlar bordir”, – deya ta’kidlagan Veran.

Mavzuga doir: Yevropa mamlakatlarining 30 milliondan ortiq fuqarosi davlatdan yordam puli so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют