» » Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi

Fransiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘ldi


Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlar davolanishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlangan, bir bemor vafot etgan.

“Fransiya hududida koronavirusga chalingan boshqa odam yo‘q. Virus endi tarqalmayapti. Lionda shifoxonaga olib kelingan so‘nggi bemor ham davolanib bo‘ldi. U endi xavf tug‘dirmagani sabab uyiga qaytdi”, — deydi Veran.

Avvalroq Fransiyada xitoylik 80 yoshli sayyoh olamdan o‘tgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini tashkil etib, jami vafot etganlar esa 2663 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют