» » Bekobodda kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini yuz berdi. Jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda

Bekobodda kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini yuz berdi. Jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda


Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida 29-aprel kuni soat taxminan 22:00 da kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida tumanning “Navbahor” hududi, 1-bo‘lim, “Dehqonobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sardobsoy soyining suv oqimi keskin ko‘tarilib, o‘zanidan toshgan.

“Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q”, — deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Qayd etishlaricha, mazkur holat viloyat hokimi Rustam Xolmatov tomonidan nazoratga olingan.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan zarar ko‘rgan aholi xonadonlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Hududga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb qilingan. Viloyat hokimligi Bekoboddagi vaziyat yuzasdian qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildirgan.

Mavzuga doir:

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 1—2-may kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir aralash kuchli shamol kuzatilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют