» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3205 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3205 kishiga yetdi


Qozog‘istonda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3205 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 819 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-aprel kuni mamlakatda 16-martdan buyon amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, To‘qayev Nur-Sulton va Olmaota shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklanishini, shuningdek, ba’zi hududlarda karantin rejimi yengillashtirilishini ham bildirgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti mamlakatda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmaganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 30-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2017 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, 1096 nafari esa sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют