» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 3 ming kishidan oshdi. 28-aprel kuni mamlakatda 37 ta yangi holat qayd etilgan va bemorlarning umumiy soni 3019 kishiga yetgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Mamlakatda koronavirusga chalingan 754 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, 25 kishi kasallik qurboniga aylangan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-aprel kuni mamlakatda 16-martdan buyon amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, To‘qayev Nur-Sulton va Olmaota shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklanishini, shuningdek, ba’zi hududlarda karantin rejimi yengillashtirilishini ham bildirdi.

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmaganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi. “Qozog‘istonda kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi to‘liq o‘tmadi. Hali ham vaziyatning nazoratdan chiqish xavfi saqlanib turibdi”, — deya ta’kidlagan Qozog‘iston prezidenti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют