» » Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi yana uzaytirildi

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi yana uzaytirildi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda favqulodda holat rejimini uzaytirishga qaror qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Mamlakatda kuzatilayotgan vaziyatni hisobga olgan holda hamda davlat komissiyasi va ekspertlarning taklifiga asoslanib favqulodda holat rejimini 11-mayga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzolaydigan bo‘ldim”, — deydi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Ta’kidlanishicha, 11-mayga qadar koronavirus bilan kasallanishning yangi to‘lqini kuzatilmasa, favqulodda holat rejimi bekor qilinadi.

“Bizning vazifamiz — Qozog‘istonda salbiy ssenariy sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Men uchun har bir yurtdoshimning hayotidan ham muhimroq narsa yo‘q. Shu bilan birga, favqulodda holat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi virus tarqalishiga oid vaziyat nazorat ostida bo‘lgan viloyat va shaharlarda karantin rejimini yengillashtirishga tayyor”, — deydi Qozog‘iston prezidenti.

Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumat cheklov choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2652 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 682 kishiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. 11-aprel kuni esa mamlakat prezidenti favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirishga qaror qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют