» » Qozog‘istonda koronavirus tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

Qozog‘istonda koronavirus tufayli favqulodda holat e’lon qilindi


Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan favqulodda holat rejimi joriy qilinadi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Tegishli qonun hujjati Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolangan.

Favqulodda holat 15-aprelga qadar davom etadi.

Bu davrda respublikada karantin joriy etiladi, jamoat tartibi kuchli nazorat qilinadi. O‘ta muhim davlat va strategik obyektlar muhofazasi kuchaytiriladi. Bundan tashqari, savdo markazlari, kinoteatrlar va ko‘rgazmalar faoliyati to‘xtatiladi, shuningdek, ommaviy tadbirlar, xususan, oilaviy, xotira va sport bilan bog‘liq tadbirlar taqiqlanadi.

Hozirda Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni olti nafarni tashkil etadi. 1090 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 452 kishi uy karantinida.

15-mart, yakshanba kuni, soat 6:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Koronavirus bilan kasallangani O‘zbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan. Ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Bemor ayol tufayli 150 kishi izolyatsiyaga olindi. Ularning to‘qqiz nafari ayolning oila a’zolari.

Avvalroq koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopilishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют