» » Turkmanistonga yopirilgan kuchli shamol oqibatida Lebopda aloqa yo‘qoldi, politsiya yo‘llarni yopib qo‘ygan (foto)

Turkmanistonga yopirilgan kuchli shamol oqibatida Lebopda aloqa yo‘qoldi, politsiya yo‘llarni yopib qo‘ygan (foto)


27-aprel kuni Turkmaniston hududiga yopirilgan kuchli shamol sabab Lebop viloyatida aloqa tarmoqlari ishlamay qoldi. Mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘qolgan, statsionar avtomatlarga qo‘ng‘iroq vaqtida ingliz tilida javob qaytarilmoqda, deb xabar beradi “Xroniki Turkmenistana”.

Politsiya tomonidan Mari va Lebop viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopib qo‘yilgan. Qum bo‘roni vaqtida viloyatdan tashqarida bo‘lgan Lebop aholisi, ularning qarindoshlari ham viloyatga kira olmay qolgan. Fuqarolar yo‘llar ochilishini viloyatlar ma’muriyati chegarasi yaqinida — Bayramali shahrida kutib o‘tiribdi.

Tabiiy ofat oqibatida “Turkmantelekom”ning mahalliy bo‘linmasiga qarashli machta va qurilmalarga jiddiy zarar yetgan. Faqatgina bir dona zaxira generatori ishlamoqda, biroq uning quvvatli mobil aloqani to‘liq ta’minlashga yetmaydi.

Shahar aholisining so‘zlariga ko‘ra, Turkmanobodda mobil signal paydo bo‘layotgan bir necha nuqta bo‘lib, u yerda politsiya navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan, ular odamlarni quvib yubormoqda.

“Turkmen.news”ning yozishicha, Turkmaniston televideniyesining asosiy yangiliklar dasturi — “Vatan”ning 29-aprel kungi efiri vaqtida Lebop viloyatidagi tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan og‘ir vaziyat haqida hech nima deyilmagan. Kuchli shamol viloyatning bir qator aholi punktlariga zarar yetgan, yuzlab odam boshpanasiz qolgan. Turkmanobod (qisman), Kerki va Farobda (to‘liq) ikki kundan buyon elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi o‘chgan.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda

Eslatib o‘tamiz, 28-aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari kirib kelgan kuchli shamol jiddiy zarar yetkazgan edi. Buning oqibatida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan (xususan, Buxoro shahrining ayrim mavzelarida hali ham elektr ta’minoti qayta tiklanmagani aytilmoqda), birgina Buxoro viloyatida salkam 30 kishi tan jarohati olib, bir kishi vafot etgan.

Shuningdek, Qorako‘lda elektr tayanch ustunlarini tiklash ishlari boshlanib, 70 ga yaqin mutaxassis jalb qilingani xabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют