» » Video: Yomg‘ir aralash kuchli shamolning Turkmanistondagi oqibatlari

Video: Yomg‘ir aralash kuchli shamolning Turkmanistondagi oqibatlari


Turkmanistonning bir qator viloyatlarida 27-aprel kuni kechasi yomg‘ir aralash kuchli shamol yopirildi. “Xronika Turkmenistana”ning yozishicha, ular orasida Lebap viloyati ko‘proq zarar ko‘rgan.

Qayd etilishicha, shamolning tezligi soniyasiga 40 kilometrgacha yetgan bo‘lib, buning oqibatida ustunlar va daraxtlar qulagan, ko‘plab uylarning tomlari uchib ketgan. Ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilib, aloqa yo‘qolgan.

Ta’kidlanishicha, davlat va hukumatga qarashli turkman ommaviy axborot vositalari sodir bo‘lgan voqea haqida hech qanday xabar bermagan.

Dovul O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlariga ham yetib borgan. Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga 28-aprelga o‘tar kechasi yopirilgan shamol tezligi soniyasiga 40 metrgacha yetgan. Buning oqibatida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Ular orasida ayniqsa Buxoro eng katta talafot ko‘rgan. Ushbu tabiiy ofat oqibatida viloyat bo‘yicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talafot ko‘rgan va 295 ta tabiiy gaz va elektr ta’minotida avariyalar sodir bo‘lgan, 41 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olgan, 1 kishi vafot etgan. Voqea yuzasidan Bosh tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Mavzuga doir: “Avval ustiga daraxt ag‘darilgan, so‘ng bo‘yniga elektr simi o‘ralashib qolgan”. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro o‘limining tafsilotlari ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kuchli shamol oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan Olot tumani markazida faollar bilan uchrashgan, u yerda aholiga har tomonlama ko‘maklashish haqida topshiriq bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют