» » Buxoro kuchli shamoldan so‘ng elektr ta’minotida eng katta talafot ko‘rgan hudud bo‘lib turibdi

Buxoro kuchli shamoldan so‘ng elektr ta’minotida eng katta talafot ko‘rgan hudud bo‘lib turibdi


27-apreldan 28-aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida soniyasiga 9—40 metr tezlikda shamol esishi kuzatilgani haqida xabar berilgandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida elektr energiyasida uzilishlar vujudga kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha, 110 kV havo liniyalarida 10 dan ortiq, 35 kV havo liniyalarida 4 ta va 6—10 havo liniyalarida 210 dan ortiq uzilishlar vujudga kelgan. Eng katta talafot ko‘rgan hudud Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi.

“Hozirda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ‘Hududiy elektr tarmoqlari’ AJning elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan tun-u kun ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bunday noqulay ob-havo sharoiti bugun, 28-aprel kuni, ham respublikaning ayrim hududlarida davom etishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlardan ogohlantiradi.

Avvalroq Buxoroda kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qolgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют