» » “Hududiy elektr tarmoqlari” Samarqandda elektr energiyasidagi uzilishlar yuzasidan izoh berdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” Samarqandda elektr energiyasidagi uzilishlar yuzasidan izoh berdi


Samarqanddagi ba’zi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” munosabat bildirdi.

Korxona matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlarga 220/110/35/10 kV “Samarqand” podstansiyasida avtotransformatorning ta’mirga chiqarilishi munosabati bilan, ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida amalga oshirilgani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 1-dekabrdan “Turkmanenergo” elektr yetkazib beradi. Uzilishlar soni keskin kamayishi aytilmoqda

Shu sababli 3-dekabr, seshanba kuni soat tungi 00:00 dan 04:00 gacha Samarqand, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Urgut, Payariq, Chelak va Tayloq tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Ushbu uzilishlarning Turkmanistondan import qilinayotgan elektr energiyasiga mutlaqo aloqasi yo‘q.

Avvalroq Turkmanistondan kelgan elektr energiyasi sababli Samarqanddagi ba’zi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilishi haqida xabar berilgan edi. Unda O‘zbekistonga “Turkmanenergo” davlat elektr energetika kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar ko‘tara olmayotgani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют