» » O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 1,7 foizni tashkil qildi

O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 1,7 foizni tashkil qildi


O‘zbekistonda 2020-yil aprel oyida iste’mol narxlari va tariflarning oy dvomida o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

2020-yilning yanvar—aprel oylarida davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,5 foizga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019-yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 foizni tashkil etgan.

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar vat ariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Aprel oyida narxlar 3,3 foizga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020-yilning dastlabki to‘rt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют