» » Usmonovning matbuot xizmati Navalniyni yolg‘onchilikda aybladi

Usmonovning matbuot xizmati Navalniyni yolg‘onchilikda aybladi


Biznesmen Alisher Usmonovning matbuot xizmati Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondi tarqatgan, Znamenskoye qishlog‘idagi hovli-joyning “Sotsgosproyekt” fondiga berilishi holatlari haqidagi materiallarni izohladi. Bu haqda Rambler News Service xabar berdi.

“Navalniy, doimgidek, yolg‘onlarni to‘qib tashladi. Kontekstdan iqtibos va tarqoq faktlarni ajratib olib, u o‘ziga qulay bo‘lgan manzarani yaratmoqda. Shu bilan birga, Navalniy o‘zini tiyib turolmadi va Alisher Usmonov Shveysariya rezidenti ekanligi, Rossiyada soliqlar to‘lamasligi haqida yolg‘on gapirdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

“Navalniyning butun nutqi manipulyatsiya va yolg‘onga asoslangan, u bilan faqat sud ishi doirasida muhokamalar olib borish mumkin, deb hisoblaymiz”, — deyishdi biznesmenning vakillari.

Avvalroq Moskvaning Lyublinskiy sudi Usmonovning Navalniyga qarshi da’vosini qabul qilgan edi.

Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni sudga berishi va huquq-tartibot organlariga ariza yozib, uning gaplarini tuhmat deb atashini aytgan edi.

Navalniy YouTube’ga go‘yoki Dmitriy Medvedevning mol-mulki haqida hikoya qiluvchi filmni joylagan, unda Usmonov ham tilga olingan edi.

Опубликовано: admin (18-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют