» » UEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi

UEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi


UEFA ijroqo‘mi 30-aprel kuni yig‘ilish o‘tkazgan va 2020/21-yilgi Yevrokuboklar bilan bog‘liq qaror chiqardi.

Gap shundaki, mamlakatlarda ichki kubok uchrashuvlarining yakunlanmay qolishi Yevropa Ligasi reglamentida ko‘zda tutilmagan. Bu vaziyat koronavirus sabab futbol uchrashuvlari muddatidan avval yakunlangan Niderlandiya va Fransiya bilan sodir bo‘ldi hamda boshqa ligalarda kuzatilishi mumkin.

Buning natijasida kubok sohiblari aniqlanmay qoladi. Ma’lumot uchun, bir qancha mamlakatlarda kubokni qo‘lga kiritgan jamoalar Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Qarorga ko‘ra, reglamentdan mazkur band olib tashlanadi. Agar kubok sohibini sport tamoyillari orqali aniqlashning iloji bo‘lmasa yoki kubok finali o‘tkazilmay qolsa, ushbu mamlakatda yo‘llanma musobaqa jadvaliga asoslangan holda taqdim etiladi.

UEFA bu qaror borasida mintaqaning barcha federatsiyalarini ogohlantirgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют