» » Moskva meri ayni paytda shahar aholisining qancha qismi koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Moskva meri ayni paytda shahar aholisining qancha qismi koronavirusga chalinganini ma’lum qildi


Moskvada ayni paytda koronavirusga chalinganlar soni poytaxt aholisining 2 foizini tashkil etadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘zining blogida yozib qoldirdi. Qayd etilishicha, bu ma’lumotlar turli aholi guruhlarining skrining tadqiqotlari asosida olingan.

Uning aytishicha, bu pandemiya tarqalgan dunyo shaharlari orasida eng past ko‘rsatkichdir. “Biz moskvaliklarning intizomi va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish choralarini qo‘llab-quvvatlagani tufayli infeksiya tarqalishini kamaytirishga erishdik”, — degan Sobyanin.

Shuningdek, hukumat koronavirusni aniqlash bo‘yicha test o‘tkazishni qariyb ikki baravar oshirishga erishganini qo‘shimcha qilgan. Bu virus tarqalishining erta bosqichda to‘xtatish imkonini berishini, shu sababli og‘ir bemorlar soni oshmayotganini aytgan.

Biroq shunga qaramay, xavf ortib borayotganini ta’kidlab, moskvaliklarni izolyatsiya choralariga imkon qadar mas’uliyat bilan yondashishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Moskva Rossiyada koronavirus tarqalishi bo‘yicha yetakchi shahar bo‘lib turibdi. 1-may holatiga ko‘ra, shaharda koronavirusga chalinish bo‘yicha 57 300 ta holat aniqlangan, ulardan 5 766 nafari tuzalgan, 658 nafari vafot etgan.

Avvalroq Moskvadagi barcha tibbiyot xodimlarining COVID-19’ga qarshi immuniteti tekshirilishi ma’lum qilingandi. Rossiyada COVID-19 tashxisini qo‘yuvchi 17 ta test davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusga chalindi. U sog‘ayganidan keyin ham lavozimiga qaytmasligi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют