» » Moskva meri koronavirusga qarshi kurash uchun shaharga harbiylarni kiritishni istamasligini aytdi

Moskva meri koronavirusga qarshi kurash uchun shaharga harbiylarni kiritishni istamasligini aytdi


Rossiya poytaxti Moskva shahri rasmiylari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun shaharga harbiy bo‘linmalarni kiritishni talab qiladigan ssenariyni amalga oshirishni istamaydi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab yirik shaharlarda vaziyat biroz farq qiladi, u shaharlarda dastlab juda yumshoq, demokratik choralar joriy qilinmoqda, keyin esa shahar ko‘chalariga harbiylarni kiritishga to‘g‘ri kelmoqda. Uning aytishicha, Moskvada bunday ssenariyni amalga oshirish istagi yo‘q, shuning uchun shaharda “o‘zini yakkalash”ning eng maqbul tartibi joriy qilingan.

Shahar merining qayd etishicha, moskvaliklarning ko‘pchiligi o‘zini juda mas’uliyatli tutmoqda va shaharda o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilmoqda, aynan ana shu narsa shahar rasmiylarining choralarni qattiqlashtirishiga yo‘l qo‘ymayapti.

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, shaharda kasallanganlar soni kuniga 8-15 foizga o‘smoqda. Uning aytishicha, shaharda kasallik hali cho‘qqisiga chiqmadi va bu yo‘lning yarmi ham bosib o‘tilgani yo‘q.

Shahar merining ma’lum qilishicha, ayni paytda Moskvaning sog‘liqni saqlash tizimi bemorlar oqimini boshqara olmoqda, biroq bundan keyin ham shunday davom etish uchun uning imkoniyatlarini oshirish kerak. Shu sababli shahar rasmiylari yaqin ikki hafta ichida COVID-19’ga qarshi kurash uchun ajratilgan joylar sonini ikki martaga oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Moskva meri koronavirus belgilari bor shaxslar bilan yashayotganlarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat bergan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus qurbonlari soni 555 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 63 ming kishiga yaqinlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют