» » Arsen Venger: Messi mundialda g‘olib chiqmas ekan, Maradonaning soyasida qolib ketaveradi

Arsen Venger: Messi mundialda g‘olib chiqmas ekan, Maradonaning soyasida qolib ketaveradi


“Arsenal” sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Argentina futboli afsonalari Diyego Maradona va Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Maradonada qandaydir sehrli jihat bor. U o‘z olamiga ega daho. Uning hayotda sodir etgan barcha ahmoqgarchiliklarini unutgan holda barchamiz Maradona bo‘lishni istardik.

Diyego 50 yoshga kirib qolgan vaqtda unga murabbiylik qilish baxtiga muyassar bo‘lganman. U o‘zini yaxshi his qilmas, yurishga ham qiynalardi, biroq to‘p bilan sehrli harakatlarni amalga oshirardi. Maradona bilan birga Badjo va Del Pyero ham o‘ynagan, biroq aynan Diyego to‘pga ko‘proq zarba berardi.

“Xudoning qo‘llari” haqida gapirgan, odamlar esa uning so‘zlarini kechirgan yagona shaxs balki, Maradonadir. Boshqa birovni bunday gaplar uchun kechirishmasdi. Masalan, Irlandiyaga qarshi o‘yinda Anrining qo‘l bilan urgan golini eslang.

Hozirda Argentina dunyoning eng yaxshi futbolchisiga ega bo‘la turib, Jahon Chempionatini yuta olmagani, g‘alati holat. Hatto Lionel Messining o‘zi ham terma jamoada biror natija qayd etmasa, Maradonaning soyasida qolishini bilsa kerak.

Qizig‘i shundaki, Messining o‘zini tutishi sergap Maradonaning butkul aksi. Leo xotirjam, u kam gapiradi. Bu ikkisi daho. Messi, shubhasiz, klub miqyosida ko‘proq sovrin yutgan, biroq Maradona mutlaq tan olishi uchun u Argentina bilan Jahon Chempioni bo‘lishi kerak va Leo bunga juda yaqin kelgandi. Biroq taqdir bilan kurashish va bunda davom etish — chempionning yo‘li emasmi?”, — deydi Venger.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют