» » Ozarbayjondagi kiyim do‘konlarida kiyinish xonalaridan foydalanish taqiqlandi

Ozarbayjondagi kiyim do‘konlarida kiyinish xonalaridan foydalanish taqiqlandi


Ozarbayjonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralar doirasida joriy etilgan karantin davrida kiyim do‘konlarida kiyinish xonalaridan foydalanish taqiqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Bunday cheklov Ozarbayjon davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarida qayd etilgan.

Shuningdek, karantin davri mobaynida pardoz vositalari namunalarida foydalanish ham taqiqlandi.

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, zargarlik buyumlari va taqinchoqlar sotiladigan do‘konlarda, shuningdek, lombardlarda mijozlar buyumlarga qo‘l tekkazishdan oldin va keyin qo‘llarini dezinfeksiyalashi lozim.

Xuddi shunday qoidalar mobil telefonlar, aksessuarlar do‘konlari, shuningdek, telefon tuzatuvchi ustaxonalarga nisbatan ham joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda koronavirus sabab 24-martdan buyon maxsus karantin rejimi joriy etilgan.

Mavzuga doir: Ozarbayjonda uydan chiqish uchun SMS yuborish tartibi joriy etildi. Unga 1 soat ichida javob beriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют