» » AP: Xitoy dori-darmon va himoya vositalarini to‘plab olishi uchun koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirib kelgan

AP: Xitoy dori-darmon va himoya vositalarini to‘plab olishi uchun koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirib kelgan


AQSh rasmiylarining fikricha, Xitoy dori-darmon va himoya vositalarini to‘plab olish uchun koronavirus tarqalishi ko‘lami va uning xavflilik darajasi haqidagi ma’lumotlarni yashirib kelgan. Bu haqda AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi hisobotiga tayanib, Associated Press xabar bermoqda.

Hujjatda aytilishicha, Xitoy koronavirusning xavflilik darajasini pasaytirib ko‘rsatgan holda tibbiy buyumlar olib chiqib ketilishini qisqartirib, importni oshirgan. Xitoy hukumati esa eksport cheklovlari borligini inkor etib, o‘zining savdo-sotiq ma’lumotlarini berishni kechiktirgan hamda uni chalkashtirib, yashirishga uringan.

Shuningdek, qayd etilishicha, Xitoy qariyb butun yanvar oyi davomida koronavirus xavfini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan yashirib, bu vaqtda himoya niqoblari, jarrohlik xalatlari va qo‘lqoplar importini ko‘paytirgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu hisobot pandemiya boshlanganda Xitoyda import va eksportning g‘ayritabiiy o‘zgarganini tahlil qilish asosida tuzilgan. AQSh razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning import va eksportidagi o‘zgarishlar 95 foiz ehtimollik bilan normadan oshib ketgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da bergandi. Missuri shtati bosh prokurori esa koronavirus sabab Xitoyni sudga bergandi. G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirusga oid dalillarni yo‘q qilishda aybladi.

Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,5 million kishidan oshgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют