» » Nurmat Otabekov Toshkentda karatin muddati 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlarni rad etdi

Nurmat Otabekov Toshkentda karatin muddati 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlarni rad etdi


AOKAda 4-may kuni o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ikki kundan keyin Toshkent shahrida karantin tugashi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Bunday xabarlarga mening ham ko‘zim tushdi, o‘qidim. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan bu kabi xabarlarning barchasi asossiz.

Karantinni o‘rnatish hamda uni bekor qilish Koronavirus kasalligi kirib kelishining va tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasining vakolati hisoblanadi. Demak, uni bekor qilish ham, uzaytirish vakolati ham aynan shu komissiya zimmasida.

Mazkur komissiyaning rasmiy ma’lumotidan tashqari, tarqatilgan barcha turdagi ma’lumotlarga aslo ishonish kerak emas.

Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchiman, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-5-moddasiga muvofiq haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini unutmaslik kerak.

Odamlarni chalg‘itish, ularning fikrini o‘zgartirish uchun qilingan xatti-harakatlar juda noto‘g‘ri.

Nurmat Otabekov, Davlat inspeksiyasi bosh inspektori

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют