» » Nurmat Otabekov: “Faqat keskin choralargina kasallik cho‘qqisini yengib o‘tishga yordam beradi”

Nurmat Otabekov: “Faqat keskin choralargina kasallik cho‘qqisini yengib o‘tishga yordam beradi”


23-aprel kuni AOKA qoshida tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirus haqidagi turli savollarga javob berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Hozir barchani karantin qachon tugashi haqidagi savol qiziqtirmoqda. Aksariyat mutaxassislar yoz kelishi bilan koronavirus tarqalishi kamaya boradi, deb hisoblamoqda. Ayrim olimlar esa infeksiya bilan aholining taxminan 70 foizi kasallanadi, natijada immunitet paydo bo‘lib, pandemiya sezilarli kesinlashadi yoku butunlay tugaydi, degan fikrda”, — dedi u.

Shuningdek, Nurmat Otabekov faqat keskin choralargina kasallik cho‘qqisini yengib o‘tishga yordam beradi, shuning uchun o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga roiya etish lozimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20-aprelga qadar joriy etilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10-mayga qadar uzaytirildi. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda karantin bilan bog‘liq cheklov choralari may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha kattaligini aytgandi. Karantinning qachon tugashi esa noma’lum. U Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют