» » Bosh prokuraturada Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus shtab ish boshladi

Bosh prokuraturada Sirdaryodagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus shtab ish boshladi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning belgilab bergan vazifalar ijrosini so‘zsiz va samarali ta’minlash maqsadida Bosh prokuraturada maxsus shtab, favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhlar ish boshladi.

Bosh prorokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, shtabning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Ishchi guruhlar ijtimoiy-iqtisodiy hamda qishloq xo‘jaligida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Mavzuga doir: Qulagan temir ustunlar, ag‘darilgan kombayn — Sardoba suv ombori atrofida talafot yetgan yerlardan fotoreportaj

Shuningdek, ofatdan jabr ko‘rganlar qayerda vaqtinchalik joylashganidan qat’i nazar – xonadonlarmi, maktab va kollejlar binolari kabi ijtimoiy obyektlarmi, ularning biror-bir narsaga muhtojlik sezishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlangan. Har bir insonning davlat va jamiyat ko‘rsatayotgan e’tibordan mutlaqo chetda qolmasligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining bildirishicha, xayriya sifatida jo‘natilayotgan oziq-ovqat va boshqa zaruriy mahsulotlar o‘z vaqtida, qat’iy nazorat ostida ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.

Xususan, 4-may holatiga kelib tushgan 162 tonna un, 63 ming litr o‘simlik yog‘i, 108 ming dona tuxum, 58 tonna shakar, 212 tonna guruch, 43 tonnadan ziyod go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 40 bosh qoramol va 100 bosh qo‘y, qariyb 330 tonna sabzavot, shuningdek, 32,5 tonnadan ziyod boshqa mahsulotlar, kiyim-bosh, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari va har xil uy-ro‘zg‘or buyumlari manzilli tarzda aholiga tarqatilmoqda.

Avvalroq Bosh prokuratura Sardoba bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov harakatlarini DXX olib borishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar hokimligi Sardobada suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga barcha mahsulotlar yetkazilgani va ularda hozircha ehtiyoj yo‘qligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют