» » Navoiy viloyatida qomondonlik-shtab oquv mashguloti otkazilmoqda

Navoiy viloyatida qomondonlik-shtab oquv mashguloti otkazilmoqda


Ozbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (FVDT) 2018-yil asosiy tadbirlar rejasiga asosan, 2018-yilning 27-mart kunidan boshlab 29-mart kuniga qadar Navoiy viloyatining Karmana tumanida Boshqaruv organlari, FVDTning quyi tizimlari bilan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish boyicha harakati mavzusida qomondonlik-shtab oquv mashguloti otkazilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Oquv mashqiga FVDT hududiy quyi tizimi organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari, iqtisodiyot obyektlari, ommaviy axborot vositalari jalb etildi.

Xabar berish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tekshirish, FVDT hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yonalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bolmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-texnik taminot masalalarini hal etish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini korib chiqish oquv mashqining asosiy maqsadi etib belgilandi.

Oquv mashgulotining birinchi kunida bir qator taktik-maxsus oquv mashqlari otkazilib, ularning tarkibida Fuqaro muhofazasi kunlari tashkil etildi. Ayni tadbirlarda favqulodda vaziyatlarda xabar berish, ular sodir bolganda birlamchi vazifalarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga shayligi sinovdan otkazildi.

Qomondonlik-shtab oquv mashqi 29-martga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-03-2018, 09:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -