» » O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilari hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi

O‘zbekiston va Belarus qutqaruvchilari hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi


Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari A.Xudoleyev boshchiligidagi qutqaruvchilar 2018-yil 25-yanvar kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston FVV. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2017—2018-yillarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejasiga asosan amalga oshiriladi.

Tashrif doirasida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida “Zilzila oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi, shuningdek mehmonxona binosining qulashi va tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya tadbirlarini olib borishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti davomida qutqaruvchilar tomonidan dam oluvchilarni evakuatsiya qilish,  tog‘ qoyalarida alpinistik anjomlar yordamida qutqarish, ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlarni qidirib topish va evakuatsiya qilish, qidiruv-qutqaruv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, dor  yo‘lida  alpinistik qutqaruv texnologiyalarini qo‘llash, jabrlanganlarga psixologik ko‘mak berish, shuningdek, yong‘in va vayronalarda qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha amaliy harakatlar bajariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют