» » 2030-yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonligiga da’vogar mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. Nomzodlar qatorida bo‘lishi aytilgan O‘zbekiston ariza topshirmadi

2030-yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonligiga da’vogar mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. Nomzodlar qatorida bo‘lishi aytilgan O‘zbekiston ariza topshirmadi


Saudiya Arabistonining Ar-Riyod hamda Qatarning Doha shaharlari 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun ariza topshirdi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi ma’lum qildi. Avvalroq O‘zbekiston ham mazkur musobaqa mezbonligi uchun da’vogar bo‘lishi xabar qilingandi.

Ta’kidlanishicha, ariza topshirishning so‘nggi muddati 22-aprelga qadar faqat Doha va Ar-Riyod shaharlaridan XXI Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun rasmiy ariza qabul qilingan. Har bir mamlakat milliy Olimpiya qo‘mitasi bu borada shahar va hukumatning tegishli ruxsatnomasini taqdim etgan.

Doha bunga qadar 2006-yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan, biroq Saudiya Arabistoni uchun bu yangilik hisoblanadi. Mezbon shahar nomi 2020-yilning 29-noyabrida ma’lum qilinadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Osiyo o‘yinlari 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan. 2022-yilgi o‘yinlarga Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilsa, 2026-yilgi musobaqa Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistoning Toshkent va Samarqand shaharlari 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun da’vogarlik qilishi aytilgandi.

Xususan, 2018-yilning dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston kelajakda Osiyo o‘yinlari musobaqalaridan biriga mezbonlik qilishi kerakligi va bu borada istiqbolli rejalar ishlab chiqilishi lozimligi haqida aytgandi.

2019-yilning fevral oyida Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh Toshkentga tashrif buyuradi. As-Saboh va Milliy Olimpiya qo‘mitasining o‘sha vaqtdagi prezidenti Umid Ahmadjonov ikki kun davomida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilgandi. O‘sha paytda Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha ariza Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etilgani haqida ma’lum qilgandi.

2019-yilning may oyida esa O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qiligandi. Unda O‘zbekiston 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari musobaqasi mezbonligiga da’vogar bo‘lishi imkoniyati mavjudligi ta’kidlanib, o‘yinlarni o‘tkazish uchun munosib infrastrukturani yaratish chora-tabrilarini ishlab chiqish belgilangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют