» » Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani ochmoqchi — o‘zbekistonlik mutaxassislar toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishi uchun

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani ochmoqchi — o‘zbekistonlik mutaxassislar toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishi uchun


Qozog‘iston mamlakat janubidagi Turkiston viloyatida kuzatilgan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston bilan chegarani ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat yig‘ilishida Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda Tengrinews.

“Qog‘ali aholi punkti yaqinida qo‘shimcha kanallar qazamiz. Kecha, 4-may kuni O‘zbekistonga tashrifimiz davomida bu haqda kelishib oldik. Umuman olganda, hozir o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ishlayapmiz”, — dedi u.

“Vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, ular viloyatimizga o‘z texnikalari bilan keladi, ya’ni kollektorlarimizni tozalashda bizga yordam beradi. Biz esa o‘z tomonimizdan chegarani ochishimiz kerak”, — dedi Shukeyev.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, Turkiston viloyatida suv toshqinlari xavf saqlanib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston janubidagi suv toshqinlari 1-may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida kelib chiqdi.

2-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston bilan chegaradagi Maqtaaral tumanida kollektor Sardoba tomondan kelgan suv hajmiga bardosh bera olmay yorilib ketgan va oqibatda Qozog‘istondagi kamidagi 10 ta aholi punkti suv ostida qolgan. Jami 31,6 ming kishi evakuatsiya qilingani aytilmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi falokatdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilgan. Qozog‘iston tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston rahbari “toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tezlikda qayta tiklash uchun hamkorlikda choralar ko‘rish niyatini bildirgan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 134) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют