» » Foto: Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan yo‘llar ta’mirlanyapti

Foto: Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan yo‘llar ta’mirlanyapti


Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tomonidan toshqin oqibatlari bartaraf etilayotganligiga oid ilk fotosuratlar jamlanmasi taqdim etildi.

Tiklash ishlari 4R-18a avtomobil yo‘lining 0-1 kilometri oralig‘ida, A-373 a avtomobil yo‘lining 15-kilometrida, A-373 avtomobil yo‘lining 15-16 kilometr oralig‘ida, A-373 avtomobil yo‘lida, 4R-31 avtomobil yo‘lida olib borilmoqda.

“Shuningdek, boshqarma ishchi xodimlari tomonidan ofatdan zarar ko‘rgan Oqoltin tumani Bobur SIU xonadonlari hududida ham tozalash ishlari amalga oshirilyapti”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Sirdaryoda toshqin vaqti evakuatsiya qilingan 16 mingdan ortiq aholi uylariga qaytdi

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may tongida yuz bergan falokatdan so‘ng 70 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani, kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olib, kasalxonalarga yotqizilgani, 300 kishi vertolyotlar vositasida qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют