» » Sirdaryoda evakuatsiya qilingan 6 mingdan ortiq ayollar, bolalar, qariyalar 4-may kuni o‘z uylariga qaytishi kutilmoqda

Sirdaryoda evakuatsiya qilingan 6 mingdan ortiq ayollar, bolalar, qariyalar 4-may kuni o‘z uylariga qaytishi kutilmoqda


Sirdaryo viloyatining suv bosgan joylarida vaziyat tobora yaxshilanmoqda, toshqin bo‘lgan hududning katta qismida suv kamaygan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, bu toshqin oqibatlarini bartaraf etish jarayonini tezlashtirishga imkon bermoqda.

Xabar berishlaricha, 3-may kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining turli qismlarida joylashgan aholi xonadonlari va infratuzilma obyektlaridan suv tortib olingan. Mazkur tadbirlarga 80 dan ortiq o‘t o‘chirish mashinasi va 100 dan ortiq suv tortib oluvchi motopompa jalb qilingan.

Shu bilan birga, joylar chiqindilardan tozalanib, dezinfeksiya va boshqa sanitariya tadbirlari boshlab yuborilgan.

“Shu bilan birgalikda xavfsiz deb topilgan joylarga fuqarolar asta-sekinlik bilan qaytmoqda. Xususan, 3-may kuni Oqoltin tumanining ‘Bo‘ston’ mahallasiga 2 mingdan ortiq erkak uylarni tartibga keltirish uchun qaytib kelgan. 4-may kuni 6 mingdan ortiq ayollar, bolalar va qariyalar mahallaga qaytishi kutilmoqda”, — deyiladi FVV axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, favqulodda vaziyat hududiga FVV, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa xizmatlarning texnikasi, mutaxassislari va boshqa resurslari kelishi davom etmoqda. O‘tgan kunlar davomida Sirdaryo viloyatiga 1200 dona yuk va maxsus muhandislik mashinalari safarbar etilgan.

Avvalroq Jizzaxning Do‘stlik tumaniga evakuatsiya qilingan 900 nafarga yaqin sirdaryoliklar vaziyat barqarorlashgani uchun o‘z uylariga qaytarilgani ma’lum bo‘lgan edi. Ularning 500 nafari Oqoltin tumani Farg‘ona qishlog‘i va “Gulzor” mahallasidan, 372 nafari esa Sardoba tumanining “Otayurt” va “Birlik” mahallalaridan ekani ma’lum qilingan edi.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida qadrdon makoniga qaytgan fuqarolar bilan uchrashib, muloqot qilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida 1-may tongida yuz bergan falokatdan so‘ng 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani, kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olib, kasalxonalarga yotqizilgani, 300 kishi vertolyotlar vositasida qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Sardobadan hikoyalar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют