» » “O‘zekspomarkaz” JobFair 2017 vakansiyalar yarmarkasiga mezbonlik qiladi

“O‘zekspomarkaz” JobFair 2017 vakansiyalar yarmarkasiga mezbonlik qiladi


“O‘zekspomarkaz”da 21-aprel, juma kuni “MyJob.uz” tarmog‘i va “Karera+” gazetasi tomonidan tashkil etilgan JobFair 2017 10-maxsus yubiley vakansiyalar yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.

Jobfair 2017 sherik-qatnashchilari qatorida Ucell, Enter Engineering, HR Capital Consulting, Makro supermarketlar tarmog‘i, Artel, Hyatt Regency Tashkent, Hyundai Engineering va ITV qayd etilgan.

Yarmakada ishtirok etadigan kompaniyalar vakillari Raufxon Salaxo‘jayevning “Evolyutsion psixologiya. Menejment, muvaffaqiyat, omad” mavzusidagi trening-seminarida ishtirok etishi, boshqa qatnashchi-kompaniyalar bilan sheriklik aloqalari o‘rnatishi, o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish, malakali xodimlarni tanlab olish, kadrlar zaxirasini shakllantirishi mumkin.

Ish izlovchilarga esa tadbirda mehnat bozoridagi mavjud holatni o‘rganib, vakansiyalar bilan tanishishi, o‘ziga ma’qul kelgan kompaniyada dastlabki intervyudan o‘tib, rezyume qoldirish imkoniyati yaratiladi.

24—28-aprel kunlari vakansiyalar yarmarkasi www.jobfair.uz saytida onlayn tartibiga o‘tadi va xodimlarni tanlab olish hamda ishga joylashish imkoniyati yanada kengayadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют