» » Buxorodagi kuchli shamol vaqtida 38 mingdan ziyod xonadon zarar ko‘rgan

Buxorodagi kuchli shamol vaqtida 38 mingdan ziyod xonadon zarar ko‘rgan


27-aprel kechasi Buxoro viloyatida, ayniqsa, Olot va Qorako‘l tumanlarida kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatida viloyat bo‘yicha 38 mingdan ziyod aholi xonadonlari, 847 ta ijtimoiy soha obyektlariga, ekin maydonlariga zarar yetgan.

Prezident matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, tabiiy ofat oqibatida qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalariga ham jiddiy talafot yetgan.

“Biz tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘ryapmiz. Hukumat komissiyasi tun-u kun ishlamoqda”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.

Mavzuga doir: Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida ro‘y bergan talafotlarni qoplashga budjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi

Bugungacha 70 foiz ijtimoiy obyektlar, 20 foiz aholi xonadonlarining tomi yopilgan. Shuningdek, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari, 1100 ta transformator ta’mirlanib, 286 ming aholining elektr ta’minoti tiklangan.

Ta’kidlanishicha, yakka tartibdagi uy-joylar ham ta’mirlanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют