» » Xorazm va Andijonda koronavirusga chalingan yana 21 kishi tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 1577 nafarga yetdi

Xorazm va Andijonda koronavirusga chalingan yana 21 kishi tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 1577 nafarga yetdi


Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida esa 7 nafar koronavirus bilan xastalangan bemor butunlay sog‘ayib, 6-mat, chorshanba kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular shifoxonaga joylashtirilgan. Tuzalganlar orasida Namangan va Samarqand viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan fuqaro bor. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi eng kattasi 81 yoshli otaxon bo‘lsa, eng kichigi 16 yoshda. Xorazm viloyatida shu paytga qadar 167 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi eng kattasi 53 yoshda, eng kichigi esa 15 yoshda. Andijon viloyatida shu paytga qadar koronavirusdan tuzalganlar soni 133 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 6-may kuni 76 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1577 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 6-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 14 kishiga oshib, kasallanganlar 2231 nafarga yetdi. Sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari jami 644 nafar bemor ayni paytda davolanmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют