» » “Bavariya” Leroy Sane bilan 5 yillik kelishuvga erishdi

“Bavariya” Leroy Sane bilan 5 yillik kelishuvga erishdi


“Bavariya” jamoasi “Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deya xabar qilmoqda Bild.

Kelishuv amalga oshganini “Bavariya” rahbarlari Oliver Kan va Hasan Salihamidjich tasdiqlagan. Nemis nashrida ta’kidlanishicha, myunxenliklar Saneni avvalgidan past narxda sotib oladi. “Bavariya” to‘lashi mumkin bo‘lgan minimal miqdor 40 million yevroni tashkil qiladi, klub ko‘pi bilan 60 million yevro sarflashni reja qilgan.

Sane 2019-yilning yozida “Bavariya”ga o‘tishga yaqin kelgandi, biroq futbolchi tizza paylaridan jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan va transfer barbod bo‘lgandi. Mazkur jarohat sabab Leroy 2019/20-yilgi mavsumni o‘tkazib yubordi.

Mavzuga doir: Ulardan tezkori yo‘q. Dunyoning ayni damdagi eng tezkor 10 futbolchisi (foto)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют