» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin — 33 kishiga ko‘payib, 2266 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin — 33 kishiga ko‘payib, 2266 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 7-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 33 kishiga ko‘payib, 2266 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lumot uchun, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soniga doir so‘nggi ma’lumotlar 6-may kuni soat 23:00 da e’lon qilingan, o‘shanda kasallanganlar soni ikki kishiga ko‘payib, 2233 kishiga yetgani ma’lum qilingan edi.

Qayd etish joiz, so‘nggi bir hafta ichida O‘zbekistonda kasallanish holatlari soni sezilarli kamaygan edi. Xususan, 1-may kuni 47 kishi, 2-may kuni 32 kishi, 3-may kuni 31 kishi, 4-may kuni 40 kishi, 5-may kuni 18 kishi, 6-may kuni 26 kishida koronavirus aniqlangan edi.

Aynan kasallanish holatlari soni kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumat karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat hududlari “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon 1577 kishi koronavirusdan sog‘aygan, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют