» » Pentagon AQSh yadro salohiyatini baholashga kirishdi

Pentagon AQSh yadro salohiyatini baholashga kirishdi


AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis mamlakat yadro salohiyatini bugungi tahdidlarga muvofiqligini baholash jarayonini boshlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Dana Uayt ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Vazir Mettis hujjatni tayyorlashga kirishishni buyurdi. Bu bilan vazirning birinchi o‘rinbosari Robert Uork va shtab boshliqlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Pol Selva shug‘ullanadi”, — deya ta’kidladi Dana Uayt.

Mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, hisobotni tayyorlashda mamlakatning idoralararo tizimlari ham ishtirok etadi. Yakuniy hujjat yil oxirida prezident Donald Trampga taqdim etiladi.

Oxirgi bor bunday hisobot 2010-yilda Barak Obama uchun tayyorlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют