» » Pentagon KXDRga zarba berishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi

Pentagon KXDRga zarba berishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi


Pentagon Amerika OAVlarining AQSh KXDRga ogohlantiruvchi zarba berish haqidagi axborotini muhokama qilishdan bosh tortdi, biroq shunday ehtimolni istisno qilmadi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Shuningdek, Pentagon kelajakdagi harbiy operatsiyalarini ommaviy ravishda muhokama qilmasligini ta’kidladi.

“Qo‘mondonlik tarkibi doimo har qanday kutilmagan vaziyatlarga qarshi himoya imkoniyatlarining to‘liq doirasini ko‘rib chiqadi”, — dedi AQSh harbiy idorasi rasmiy vakili Dana Uayt.

Bundan tashqari, Uayt AQSh mintaqadagi ittifoqdoshlari — Janubiy Koreya va Yaponiyani himoya qilishga sodiqligidan og‘ishmasligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, NBC News AQSh agar Shimoliy Koreya yadroviy qurol sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgani aniqlangudek bo‘lsa, KXDRga ogohlantiruvchi hujum uyushtirishga tayyor ekanligi haqida xabar tarqatgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют