» » Janubiy Koreya Vashingtonning KXDRga nisbatan bir tomonlama harakatlarini ma’qullamaydi

Janubiy Koreya Vashingtonning KXDRga nisbatan bir tomonlama harakatlarini ma’qullamaydi


Janubiy Koreya birlashish vaziri Xon Yon Pxyo AQShning KXDRga nisbatan bir tomonlama harakatlariga qarshi fikr bildirdi. Uning fikricha, bu harakatlar mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Jurnalistlarning AQSh tomonidan KXDRning yadro-raketa infratuzilmasiga ogohlantirish zarbasi berish ehtimoli haqidagi savollariga javob bera turib, Xon Yon Pxyo bunday harakatning rad etib bo‘lmas murakkab vaziyatni keltirib chiqarishiga e’tibor qaratdi.

“Vashingtonning ehtimoliy ogohlantiruvchi zarbalari Shimoliy Koreyaning yadro muammolarini hal qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Biroq Janubiy Koreya hukumati uchun bu masala fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq”, — deb ta’kidladi vazir.

“O‘ylaymanki, yangi hukumat mazkur masalada AQSh bilan yaqindan hamkorlik qiladi”, — deb qo‘shimcha qildi vazir. Janubiy Koreyada yangi prezident saylovi 9-mayda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, hozirgi vaqtda prezident vazifasini bosh vazir Xvan Gyo An bajarmoqda.

Shuningdek, vazir Pxenyan bilan “shoshilinch muzokaralarga qaytish”ga ham qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, avvalo KXDRni raketa va yadro qurolini ishlab chiqishdan voz kechishga majbur qiladigan aniq strategiyani ishlab chiqish kerak.

“Biz ikki yo‘l oldida turibmiz. Biri Shimoliy Koreyaning yadroviy maqomini amalda tan olishga olib borsa, boshqasi KXDRni bu maqsaddan voz kechishga majbur qiladi”, — deb hisoblaydi Xon Yon Pxyo.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют