» » Ozbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bagishlangan majlisi bolib otdi

Ozbekiston hukumatining 2017-yil birinchi choragi yakunlariga bagishlangan majlisi bolib otdi


18-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bagishlangan majlisi bolib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Xususiy mulkni ishonchli himoya qilishni yanada taminlash va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi tadbirkorlik faoliyati faollashishining sezilarli darajada osishiga va joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 13,6 mingdan ortiq yoki 2016 yilning xuddi shu davridagiga qaraganda 64 foiz kop yangi subektlari tashkil etilishiga komaklashdi. Kichik biznes subektlariga 4,6 trillion som miqdorida kreditlar ajratildi, bu 2016 yilning birinchi choragidagiga qaraganda 1,3 baravar kopdir, deyiladi OzA axborotida.

Faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga ozlashtirilgan investitsiyalar hajmi 9,7 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar 10,5 foizga osdi.

Yil boshidan buyon 9 ta yirik korxona, shuningdek, 4 mingdan ortiq ishlab chiqarish obektlari foydalanishga topshirildi. Yangidan tashkil etilgan Urgut, Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tarmoqlar va mintaqalarning eksport salohiyatini safarbar etish yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar eksportga mahsulot yetkazib berishning osishini va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini taminladi. Yil boshidan buyon ilgari oz mahsulotini eksport qilmagan 258 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, tovarlarning 117 ta yangi turini eksport qilish, shuningdek, 28 ta yangi tashqi sotish bozori ozlashtirildi.

Majlisda Ozbekiston bosh vazirining orinbosarlari A.Ramatov, G.Ibrohimov, R.Azimov, U.Roziqulov, T.Norboyevaning, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari va viloyatlar hokimlarining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida hamda joriy yilning yanvar-aprelida Qoraqalpogiston Respublikasiga, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga tashriflari davomida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish boyicha hisobotlari eshitildi.

Ozbekiston Bosh vazirining birinchi orinbosari A.Ramatovning, Davarxitektqurilish qomitasi raisi B.Zokirovning, Ozbekenergo aksiyadorlik jamiyati raisi F.I.Salomovning, Ozqurilishmateriallari aksiyadorlik jamiyati raisi B.K.Zaripovning, Toshkent viloyati hokimi Sh.X.Boboyevning etibori hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tasdiqlangan ortacha muddatli dasturlarini, shu jumladan, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani, qishloq joylarda va shaharlarda arzon uylar qurishni jadallashtirishni sozsiz taminlash boyicha chora-tadbirlar korishning zarurligiga qaratildi.

Eng avvalo, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini oz vaqtida ishlab chiqishni taminlash, shuningdek, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida yirik strategik investitsiya loyihalari boyicha ishlab chiqarish obektlarini belgilangan muddatlarda sozsiz ishga tushirish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari G.Ibrohimovning, Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi raisi A.S.Sultanovning, Oztransgaz aksiyadorlik kompaniyasi raisi E.R.Shoismatovning va Ozkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati raisi A.A.Abdullayevning hisobotlari eshitildi. Muhokamalar davomida mamlakat Prezidentining Turkmaniston, Qozogiston va Rossiya Federatsiyasiga yaqindagi davlat tashriflari davomida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boyicha imzolangan bitimlar va kontraktlarni oz vaqtida bajarishni taminlashga doir qoshimcha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi A.K.Sharapovning etibori turizm sohasini rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini izchil amalga oshirish, turizm industriyasi subektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizmni rivojlantirishga tosqinlik qilayotgan barcha tosiqlar va govlarni olib tashlash, turizm xizmatlari bozorida raqobatni tashkil etishga yonaltirilgan dasturiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tezlashtirish zarurligiga qaratildi.

Majlisda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish va safarbar qilishga yonaltirilgan chora-tadbirlarni amalda royobga chiqarishni taminlash yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari U.Roziqulovning, tashqi savdo vaziri E.M.Ganiyevning, Jizzax va Buxoro viloyatlari hokimlari U.Y.Uzoqov va O.I.Barnoyevning, shuningdek, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ishi natijadorligi batafsil tahlil qilindi.

Mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kopaytirishni taminlashda yol qoyilgan kamchiliklar uchun Ozbekoziqovqatxolding kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, Ozagrotexsanoatxolding kompaniyasi raisi N.S.Otajonovga, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Oltinkol (Karimov), Buloqboshi (Maxsudov), Qorgontepa (Ergashev), Xojaobod (Ismailov), Buxoro (Esonov), Vobkent (Javodov), Baxmal (Safarov), Sariosiyo (Jorayev), Sirdaryo (Nazarov) va Quva (Rahmonov) tumanlari hokimlariga shaxsiy baho berildi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari U.Roziqulovga, tashqi savdo vaziri E.M.Ganiyevga, Ozbekoziqovqatxolding kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, Ozagroeksport kompaniyasi raisi J.A.Xolmuxamedovga, barcha darajalardagi hokimliklarga logistikaning zamonaviy tizimini rivojlantirishni jadallashtirish, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini, shu jumladan, Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi otkazilishi davomida tuzilgan shartnomalar doirasida eksportga yetkazib berishning kafolatlangan hajmlarini taminlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar korish topshirildi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi T.Norboyeva, Mahalla xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Sh.S.Javlonov hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga oilalarda, xotin-qizlar va yoshlar ortasida ularni har xil halokatli tahdidlardan, yot diniy va ekstremistik tasirlardan himoya qilish, shuningdek, xotin-qizlarning, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida oqilona mashgul bolishini taminlash maqsadida manaviy-axloqiy va targibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar qoyildi.

Majlisda 2017 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini hamda tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan maqsadli parametrlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun Ozbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish boyicha mamlakat Prezidentining joriy yil 11 apreldagi qarori talablari amalda royobga chiqarilishini taminlash zarurligi qayd etildi.

Respublika Hukumatining majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari boyicha 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini sozsiz taminlash yuzasidan mavjud zaxiralarni safarbar etish boyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (18-04-2017, 20:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
:
-
:
20 ... -