» » Mixail Saakashvilining Ukrainadagi tayinlovi sababli Gruziya Kiyevdagi elchisini chaqirib oldi

Mixail Saakashvilining Ukrainadagi tayinlovi sababli Gruziya Kiyevdagi elchisini chaqirib oldi


Mixail Saakashvilining Ukrainada Islohotlar milliy kengashining ijroiya qo‘mitasiga rahbar etib tayinlanganidan keyin Gruziya Kiyevdagi o‘z elchisini chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani ma’lum qildi, deb xabar bermoqda mamlakatning 1TV telekanali.

Zalkalianining ma’lum qilishicha, Gruziya hukumati Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, biroq Gruziya sud tizimi tomonidan sud qilingan va izlanayotgan shaxsning davlat lavozimiga tayinlanishi Gruziya hukumatida savollarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli elchi maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun chaqirib olindi.

Gruziya tashqi ishlar vazirining qayd etishicha, mamlakat hukumati elchining ishtirokida mazkur vaziyat ikki tomonlama munosabatlarga, turli xalqaro tashkilotlardagi hamkorlikka va eng asosiysi, Yevropa integratsiyasi bo‘yicha birgalikdagi harakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun qanday harakatlar zarurligini aniqlashni rejalashtirmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7-may kuni Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini prezident qoshidagi Milliy islohotlar kengashi tarkibiga kiruvchi Islohotlar ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinladi.

Mazkur tayinlovga qadar Gruziya hukumati Saakashviliga Ukraina hukumati tarkibida lavozim berish ikki mamlakat munosabatlarida muammolarni yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirgan. Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya 24-aprel kuni agar Ukraina hukumati mazkur qarorni qabul qiladigan bo‘lsa, Gruziya maslahatlashuvlar uchun Kiyevdagi elchisini chaqirib olishini ma’lum qilgan.

Mixail Saakashvili 2004—2013-yillarda Gruziya prezidenti bo‘lgan. Prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatdan keyin u mamlakatni tark etgan va Ukrainaga kelgan. Gruziyada Saakashvili mansabni suiiste’mol qilganlikda va siyosiy raqiblarni ta’qib qilganlikda ayblanadi.

Dastlab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saakashvilini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlashni ko‘zlagan edi. Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, bu lavozimda uning vakolatlari qatoriga Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan muzokaralar olib borish ham kirishi kerak bo‘lgan.

Biroq Ukraina Oliy radasi deputatlari Saakashvilining bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishini qo‘llab-quvvatlamadi. Dastlabki muhokamalar chog‘ida Ukraina hukumati Saakashvilini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarlicha ovoz to‘play olmagan va uning nomzodini ovozga qo‘yishdan oldin qaytarib olgan. Keyinroq Zelenskiy Saakashvili bilan ishning boshqa formatini muhokama qilgani ma’lum bo‘lgan.

Ukrainaning Islohotlar milliy kengashi mamlakat prezidenti huzuridagi konsultativ organ sifatida faoliyat olib boradi. Kengash mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan tuzilgan. Zelenskiy davrida kengashning birorta ham yig‘ilishi o‘tkazilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют