» » Turkmaniston hukumati JSST ekspertlari missiyasiga taklifnoma yubordi

Turkmaniston hukumati JSST ekspertlari missiyasiga taklifnoma yubordi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge 5-may, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida Turkmaniston hukumati tomonidan tashkilot nomiga mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning maxsus missiya tomonidan iloji boricha tezroq o‘rganilishi istagini bildirib yuborgan taklifnomasi yetib kelganini ma’lum qildi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bergan.

22-aprel kuni Turkmaniston TIV rahbari Rashid Meredov mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlar borligi haqidagi ma’lumotning yashirilayotganini inkor qilgan va JSST hamda boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari kelib karantin markazini ko‘zdan kechirishini taklif etgandi. Bu vaqtda Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari ushbu mamlakatlarda rasman COVID-19 yuqtirib olishga aloqador holatlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

JSST missiyasi Tojikistonga 1-mayda tashrif buyurdi. Mamlakat hukumati bir kun avval, 30-aprelda koronavirusga chalinish bo‘yicha holatlar kuzatilganini rasman e’lon qilgandi.

Biroq ekspertlar Tojikistondan keyin Turkmanistonga yetib kela olmagan. Xabarlarga ko‘ra, Turkmaniston hukumati JSSTga rasmiy taklifnoma yubormagan.

3-mayda JSSTning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari Paulina Karvovska Turkmanobod va Turkmanboshida ikkita karantin hududida bo‘lganini ma’lum qilgandi.

BMT vakillarining qaysi sanada karantin hududlarida bo‘lgani borasida aniq ma’lumot berilmagan. “Xronika Turkmenistana” nashri 27-apreldagi shamol bo‘roni Turkmanoboddagi karantin lageri chodirlarini vayron qilgani haqida xabar bergan.

Mavzuga doir: JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi

Rasmiy Ashxobod hali ham Turkmanistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa Meredevning bayonotidan bir necha kun o‘tgach koronavirusni yuqtirib olgan barcha bemorlar mamlakatdagi kasalxonalarga yashirib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют